Xiva shahrida tashkil qilingan Ogohiy ijod maktabiga qabul jarayoni boshlandi.

        Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda shoir va yozuvchilarning tavalludi keng nishonlanib, ularning ijod maktablari yaratilmoqda. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad ular ijodini targʻib qilish, yosh izdoshlarini kashf etish, isteʼdodlarini namoyon qilishlariga shart-sharoit yaratishdan iboratdir.

Xiva shahrida Ogohiy nomidagi ona tili va adabiyot  fanini chuqurlashtirib o’qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil qilindi. Ushbu maktabga 2019-2020 o’quv yili uchun  she’riyatga, ijodkorlikka va  tarjimonlik qiziquvchi 5, 6, 7, 8-sinf o’quvchilari qabul qilinadi. 2020-2021 o’quv yilidan boshlab faqat 5-sinf o’quvchilari saralab olinadi.

Maktabga qabul jarayonlari 1-iyuldan 30-iyulga qadar davom etadi. Qabul uchun kerakli hujjatlar quyidagilar:

  • Tug’ilganlik to’g’risida guvohnoma
  • Baholar tabelining 2018-2019 o’quv yilidagi natijalari qayd qilingan varag’ining tasdiqlangan nusxasi.
  • 3×4 o’lchamdagi 6 ta rasm.
  • Ota yoki onasi, ularning o’rnini bosuvchi shaxsning passport nusxasi
  • Direktor nomiga ariza

Ariza blankasi

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *