O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish muddati 2022- yildan 2023- yilga ko‘chirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi « O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq, aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish 2022 yilga belgilangan edi. Keyingi 30 yil ichida (O‘zbekistonda so‘nggi marta 1989 yilda aholi ro‘yxatga olingan) aholini ro‘yxatga olish tadbiri ilk bor amalga oshirilayotganligi e’tiborga olinsa, bunday keng ko‘lamdagi tadbirni o‘tkazish uchun katta tajriba, ko‘p vaqt va katta mablag‘ talab etilishi ayon bo‘ladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyalariga ko‘ra aholini ro‘yxatga olish har o‘n yilda bir marta o‘tkazilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Biroq ko‘pgina mamlakatlar ushbu tadbir muddatlarini dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi sababli keyingi yillarga ko‘chirish choralarini ko‘rishmoqda. Jumladan, 2020 yilda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Armaniston Respublikalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021 yilga ko‘chirildi.

Respublikamizda mustaqillik yillarida aholini ro‘yxatga olish tadbiri  birinchi marotaba o‘tkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni sifatli o‘tkazish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori bilan Respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023 yilning  1-25 noyabr’ kunlari o‘tkazilishi belgilandi. Sinov tariqasida Respublikamizning 4 ta hududida jumladan Xorazm viloyatining Xiva shaxrida 2021 yil 1-25 noyabr kunlari o‘tkazilishi belgilandi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jaryonlarini tashkil etish va o‘tkazish.

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *