Xorazm viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi va Davlat test markazi bilan hamkorlikdagi sayyor qabuli Yangibozor tumanida bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi umumiy o‘rta taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi Davlat test markazi Xorazm viloyati bo‘limi bilan hamkorlikdaamalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan qaror va farmonlar mazmun mohiyati bilan tanishtirish, yoshlar va ota-onalarning murojaatlarini qabul qilish va javob berish maqsadida 2021 yil 20 yanvar kuni soat 11:00 da Xorazm viloyati Yangibozor tumani 23-son umumtaʼlim maktabida sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabulda, Davlat test markazi direktor o‘rinbosari Batirov Sherzod Negmuratovich, Xorazm viloyati bo‘limi boshlig‘i Baxtiyar Yakubov Sabirovich, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Matqurbonova Zumrad Matmuratovna , Yangibozor tumani xalq taʼlimi mudiri Farruh Amanbayev va masʼul mutaxassis Risolat Nurullayeva, Urganch davlat universitetidan 4 nafar o‘qituvchi, 18-son va 23-son umumtaʼlim maktab direktorlari, 2 nafar 11-sinf rahbarlari va 8 ta fan o‘qituvchisi hamda 29 nafar maktab bitiruvchilari ishtirok etishdi.

Sayyor qabulda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi, Davlat test markazi va uning Xorazm viloyati bo‘limi masʼul xodimlari  tomonidan 11-sinf bitiruvchilarining Oliy taʼlim muassasalariga qabuli borasida bir qator amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan to‘laqonli maʼlumot berilib  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini yana-da takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4319-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 395-sonli, 2018 yil 3 apreldagi “Oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yana-da takomillashtirish tartibi to‘g‘risida”gi 261-sonli qarorlari hamda boshqa test sinovlari bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, Davlat test markazi tomonidan amalga oshirilayotgan izchil islohatlar, Respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari haqida, umumtaʼlim maktablarining 11-sinf bitiruvchi o‘quvchilar o‘rtasida repetitsion-diagnostik test jarayonlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida seminar qatnashuvchilarga to‘liq tushunchalarni berib o‘tdilar.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarning murojaatlari qabul qilinib, ularga asoslantirilgan javoblar berildi. Qolaversa, ishtirokchilar tomonidan berilgan takliflar ham o‘rganib chiqish uchun qabul qilindi.

Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi hamda Davlat test markazi barcha yoshlar, ota-onalar va keng jamoatchilik bilan doimo uchrashuvlar o‘tkazish, ular bilan ochiq muloqotlar o‘tkazishga tayyor ekanligi yana bir marta ishtirokchilarga eslatib o‘tildi.
Kelgusida shunday uchrashuvlarni tashkil qilish bo‘yicha kelishib olindi.

Yangibozor tuman xalq ta’limi bo’limi matbuat xizmati: @YangibozorXTB

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *