Yangibozor tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi barcha maktablar Kundalik.com tizimiga o’tkaziladi.

«Kundalik.com» – o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar, ta’lim muassasalari ma’muriyatlari, hamda ta’limni boshqarish organlari vakillari uchun yagona elektron ta’lim muhiti hisoblanadi.
Hozirda tumanimizda 6 ta maktab aynan ushbu tizimda ish olib bormoqda. Ayni damda tumandagi barcha maktablarni kundalik.com tizimiga o’tkazish ishlari boshlandi.
Kundalik.comning asosiy vazifalari:
– Maktab ta’limini modernizatsiya qilish.
– Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) integratsiyasi.
– «O‘qituvchi – o‘quvchi – ota yoki ona» interaktiv kommunikatsiyasini rivojlantirish
– Axborot almashinishning yagona muhitini joriy etish.
– Maktab ekotizimini yaratish va xizmat ko‘rsatish.
– Masofaviy ta’lim uchun imkoniyatlarini yaratish.

Kundalik.com

You may also like...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *