Bo’lim haqida

UMUMIY MA’LUMOT
Muassasaning rasmiy nomi: O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Xorazm viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Yangibozor tumani xalq ta’limi bo’limi.
Muassasaning manzili: Xorazm viloyati Yangibozor tumani Al-Xorazmiy ko’chasi 1 uy.
Muassasa tashkil etilgan yil: 1990 yil
Tarkibidagi ta’lim muassasalar:
– umumiy o’rta ta’lim maktab 28 ta,
– umumiy o’rta ta’lim maktab filiallari 3 ta,
– ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati 1 ta,
– futbol bo’yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati 1 ta,
– bolalar va o’smirlar sport maktabi 1 ta,
– barkamol avlod bolalar markaz 1 ta,
– axborot resurs markazi 1 ta.
Bo’limning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
          maktabgacha, umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirishga yo’naltirilgan yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash, pedagogik kadrlar, ayniqsa, boshlang’ich sinf o’qituvchilarining malakasi va kasbiy mahoratini oshirish;
          idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, maktabgacha, umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular tomonidan davlat ta’lim standartlari(talablari)ga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
          umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o’quv-tarbiya ishlarini metodik ta’minlashni tashkil etish, o’quv-tarbiya jarayoniga o’qitishning zamonaviy va ilg’or shakllarini, eng yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakl va metodlarini joriy etishni ta’minlaydi;
ta’lim muassasalari tomonidan ular huzurida tashkil etilgan zamonaviy moddiy-texnika bazasidan, shu jumladan o’quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, mebellar, sport inventarlari va jihozlaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi;
          o’quvchilarning kasbga yo’naltirilishini va psixologik-pedagogik diagnostikasini, vasiylikni, bolalar va o’smirlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, ular bilan, shu jumladan ijtimoiy nochor bolalar bilan doimiy ish olib borishni tashkil etadi;
          bolalar sportini rivojlantirish va o’quvchi-yoshlarni, ayniqsa, qishloq joylarida jismoniy tarbiya hamda sport bilan muntazam shug’ullanishga ommaviy jalb etadi;
          bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim tizimini takomillashtirish, o’sib kelayotgan yosh avlodning madaniy saviyasini yuksaltirish, ular orasida iste’dodlarni har tomonlama rivojlantirish, yoshlarning milliy va jahon san’atining yuksak namunalaridan keng baxramand bo’lishi yuzasidan zarur shart-sharoitlar yaratadi;
          o’quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan yuqori darajadagi ma’naviy-ma’rifiy tarbiya berish, mamlakat taraqqiyoti, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga yo’naltirilgan, milliy mustaqillik g’oyalari singdirilgan, Vatani va o’z xalqiga sodiq fuqarolarni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshiradi;
          tarkibidagi bo’linmalar va tasarrufidagi ta’lim muassasalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash vazifalarini amalga oshiradi hamda ularning natijalari bo’yicha hujjatlarni tahlil va nazorat qilish masalalarida metodik va amaliy yordam ko’rsatadi.